Prezident huzurida mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Yig‘ilishda geosiyosiy keskinlik kuchaygan sharoitda jangovar shaylik va zamonaviy texnologiyalar masalasi ko‘rib chiqildi.
Sputnik
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida O‘zbekistonning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda 13-yanvar kuni Xavfsizlik kengashi majlisida belgilangan vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi.
Dunyoda keskinlik va mojarolar o‘choqlari saqlanib qolayotgani, geosiyosiy raqobat kuchayib, yangi xatar va tahdidlar xavfi ortib borayotgani ta’kidlandi.
Mudofaa vaziri qo‘shinlarning jangovar shayligini oshirish, ularni zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi.
Rivojlangan davlatlar tajribasi va zamonaviy jangovar harakatlar tahlili asosida harbiy boshqaruv hamda tayyorgarlik tizimiga yangi yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Qo‘shinlar samaradorligini oshirish maqsadida uchuvchisiz tizimlar va raqamli boshqaruv yechimlarini keng qo‘llash zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, harbiy-ma’muriy sektorlar, poligonlar, ta’lim muassasalari va moddiy-texnik ta’minot infratuzilmasini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Harbiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish hamda zamonaviy qurol-yarog‘ va texnologiyalarni o‘zlashtirishga qaratilgan dasturlarni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida davlat rahbari tegishli vazifalarni belgilab berdi
Mudofaa doktrinasi yangilanadi — Shavkat Mirziyoyev armiyani rivojlantirish yo‘nalishini belgiladi