TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Xanoyga amaliy tashrif doirasida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev Vyetnam sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Le Man Xung hamda Vyetnam bosh vaziri Fam Min Tin bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralarda 2016-yilda kuchga kirgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Vyetnam o‘rtasidagi erkin savdo to‘g‘risidagi bitim doirasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Bakitjan Sagintayev obsudil perspektivi soglasheniya o svobodnoy torgovle vo Vyetname
© Press-slujba YeIK
Ma’lum qilinishicha, 2016–2024 yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 60 foizdan ortiqqa o‘sib, 4,3 milliard dollardan 6,8 milliard dollarga yetgan. 2025-yilda bu ko‘rsatkich 8,3 milliard dollarni tashkil etgan.
Tomonlar savdo va bojxona jarayonlarini raqamlashtirish, transport-logistika aloqalarini rivojlantirish, jumladan Yevroosiyo quruqlik yo‘llari salohiyatidan foydalanish va uni ASEAN infratuzilmasi bilan bog‘lash masalalarini ko‘rib chiqdi.
Shuningdek, 2026-yilda erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish istiqbollari muhokama qilindi. Bakitjan Sagintayev ushbu tadbirni ishbilarmon doiralar uchrashuvi bilan bir vaqtda o‘tkazishni taklif qildi.
“Bitimning asosiy benefitsiarlari mamlakatlarimizning eksportga yo‘naltirilgan kompaniyalari va kichik biznesi bo‘lishi kerak”, — dedi YeIK hay’ati raisi.