Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari uchta qishloqni ozod qildi — AQSh va Chexiya texnikasi yo‘q qilindi

Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Donesk va Xarkov yo‘nalishida uchta aholi punkti nazoratga olingan. Janglarda xorijiy texnika yo‘q qilingani xabar qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Donesk Xalq Respublikasidagi Drobishevo va Reznikovka aholi punktlari, shuningdek, Xarkov viloyatidagi Krugloe ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Drobishevo “G‘arb” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari tomonidan faol harakatlar natijasida egallangan. Reznikovka “Janubiy” guruh bo‘linmalari nazoratiga o‘tgan, Xarkov viloyatidagi Krugloe esa “Shimol” qo‘shinlar guruhi tomonidan qo‘lga kiritilgan.
Shuningdek, janglar davomida ko‘plab harbiy texnika yo‘q qilingani xabar qilindi. Ular orasida Chexiyada ishlab chiqarilgan “Vampire” reaktiv baravar o‘t ochish tizimi jangovar mashinasi, AQShda ishlab chiqarilgan “Stryker” va M113 zirhli transportorlari hamda HIMARS tizimiga tegishli uchta reaktiv snarad bor.
Bundan tashqari, Qora dengiz floti kuchlari Ukraina Qurolli kuchlarining uchta ekipajsiz katerini yo‘q qilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari ikki aholi punktini egalladi — ilgarilash uchun yo‘l ochildi