O‘zbekiston va YeOII

Rossiyadagi Pokiston elchisi: Afg‘oniston bilan mojaroni hal etishda YeOII omili muhim

Elchining ta’kidlashicha, Afg‘oniston Pokiston va YeOII o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarda muhim ko‘prik hisoblanadi, bu esa butun mintaqa kelajagi uchun strategik ahamiyat kasb etadi.
Sputnik
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Pokistonning Rossiyadagi elchisi Faysal Niyoz Termiziy Afg‘oniston bilan chegarada yuzaga kelgan keskinlik hal etilishiga umid bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, YeOII va Pokiston savdosida Afg‘oniston muhim ko‘prik hisoblanadi.

"Afsuski, Afg‘oniston bilan chegarada beqarorlik kuzatilmoqda. Lekin umid qilamizki, bu hal bo‘ladi. (guruhlarni - tahr.) Moliyalashtiradigan mamlakatlar bor. Ammo ko‘pchilik Afg‘onistonni Rossiya va Pokiston, umuman EOII o‘rtasidagi ko‘prik sifatida baholaydi. Aynan shu narsa har ikki mamlakat va butun mintaqaning kelajagidir. Bizning umumiy geografiyamiz, umumiy tariximiz, umumiy oshxonamiz bor", - dedi elchi

Ushbu fikrlar elchi tomonidan “Rossiya segodnya” media guruhining Moskva–Islomobod xalqaro multimedia matbuot markazida o‘tgan media-forumda bildirildi.
26 fevral kuni Afg‘oniston Pokistonning harbiy-havo kuchlari zarbalariga javoban Durand chizig‘i bo‘ylab harbiy operatsiya boshladi. O‘z navbatida, Pokiston ham o‘t ochganini, keyinroq esa Afg‘oniston bilan "ochiq urush" boshlaganini ma’lum qildi.
Hozirgi keskinlashuv Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida 2025-yil oktabr oyida boshlangan mojaroning davomi hisoblanadi. Islomobod Kobulni terrorchilarni yashirishda ayblamoqda, afg‘on hukumati buni rad etmoqda.
Afg‘oniston–Pokiston mojarosi: maxsus operatsiyalar va “ochiq urush” bayonotlari