Shavkat Mirziyoyev oyatulloh Ali Xomanaiyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev maktubida Xomanaiyning vafoti munosabati bilan Eron xalqiga hamdardlik izhor etdi. Xomanaiy AQSh va Isroil tomonidan shanba kuni berilgan zarbalar natijasida halok bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonga yo‘llagan maktubida Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiyning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda Eronning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lumotiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonga yo‘llagan maktubida Islom inqilobi yetakchisi oyatulloh al-uzmo Sayyid Ali Xomanaiyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi", - deyiladi elchixona saytida joylashtirilgan xabarda.

AQSh va Isroil shanba kuni Eron hududidagi obyektlarga zarba berishni boshladi. Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharq mintaqasidagi AQSh harbiy obyektlariga javob zarbalari bermoqda.
Hujum natijasida Eronning oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy o‘ldirildi. Mamlakatda 40 kunlik motam e’lon qilindi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xomanaiyning o‘ldirilishi insoniy axloq va xalqaro huquqning barcha meyorlarini surbetlarcha buzgan holda amalga oshirilganini aytdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Isroilning hujumini qoralab, keskinlikni zudlik bilan yumshatish va jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.
Zarbalar oqibatida Eron oliy rahbari oyatulloh Sayyid Ali Husayniy Xomanaiy halok bo‘ldi