Kripto-aktivlar sohasida litsenziyalash tartibiga o‘zgartirish kiritildi: nimalar yangilandi

Kripto kompaniyalarga litsenziya berish tartibi o‘zgardi: endi regulyator qo‘shimcha axborot va “asoslantirilgan mulohaza”ga tayanib ariza bo‘yicha qaror qabul qiladi
Sputnik
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. O‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarni litsenziyalash tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Yangi qoidalarga ko‘ra, litsenziyalovchi organ — Istiqbolli loyihalar agentligi endilikda “asoslantirilgan mulohaza”ga tayanib qaror qabul qilishi mumkin.
Endi litsenziya berishda faqat arizadagi hujjatlar emas, balki qo‘shimcha ma’lumotlar ham inobatga olinadi. Davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, chet el nazorat idoralari yoki boshqa ochiq manbalardan olingan axborot litsenziyani rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Ya’ni kompaniya rasman talablarga javob bersa ham, litsenziyalovchi organda salbiy ma’lumot mavjud bo‘lsa, ariza rad etilishi ehtimoli bor.
Eslatib o‘tamiz, avval litsenziya berish jarayoni asosan formal mezonlarga tayanadigan tartibda amalga oshirilgan:
kompaniya belgilangan hujjatlarni taqdim etadi;
moliyaviy va texnik talablarga muvofiqlik tekshiriladi;
qonunchilikdagi litsenziya shartlari bajarilsa, litsenziya beriladi.
Qaror asosan rasmiy mezonlar asosida qabul qilingan.
Telegram O‘zbekistonda to‘lov, sarmoya va kripto operatsiyalari uchun “Hamon”ni ishga tushirdi