TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Eron atrofidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi.
Unda Vashington va Tel-Aviv suveren davlat rahbariyatini o‘ldirish kabi usullardan foydalangan holda nafaqat Eronda rejimni o‘zgartirishga, balki Eron va arab qo‘shnilari o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish jarayonini izdan chiqarishga urinayotgani ta’kidlangan.
Shuningdek, bayonotda AQSh va Isroilning harakatlari butun Yaqin Sharq mintaqasida qurolli qarama-qarshilikning kuchayishiga olib kelayotgani yuzasidan xavotir bildirilgan.
Rossiya TIV barcha tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasi xavfsizligini ta’minlashni ustuvor vazifa sifatida ko‘rishga chaqirgan.
Bayonotda Eronning Minab shahridagi qizlar maktabiga berilgan zarba keskin qoralangan. Unda o‘nlab bolalar halok bo‘lgani qayd etilgan.
Rossiya tomoni fuqarolik obyektlariga — xoh Eronda, xoh arab davlatlarida bo‘lsin — har qanday hujumlarni mutlaqo qabul qilib bo‘lmas, deb ta’kidlagan.
Shu bilan birga, tomonlar mavjud kelishmovchiliklarni kuch ishlatish orqali emas, balki siyosiy-diplomatik vositalar orqali hal etishga o‘tishi zarurligi yana bir bor qayd etilgan.