Qoraqalpog‘iston va Xorazmda gaz iste’molining bazaviy meyori 15-martgacha uzaytirildi

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 500 kub metrgacha gaz bazaviy narxda 15-martgacha saqlanadi, boshqa hududlarda esa yangi tarif 1-martdan amal qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy meyor 2026-yil 15-martga qadar amal qiladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, mart oyining dastlabki 15 kunida havo harorati past bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida prezident topshirig‘i asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 500 kub metrlik bazaviy meyor ushbu ikki hudud uchun uzaytirildi.
500 kub metr limit nima degani?
O‘zbekistonda aholi uchun tabiiy gaz iste’moli bosqichma-bosqich tarif bo‘yicha hisoblanadi.
Isitish mavsumida aholiga har oy 500 kub metrgacha gaz bazaviy narxda — 1 kub metr uchun 1000 so‘mdan hisoblanadi.
Belgilangan meyordan ortiq iste’mol qilingan gaz esa 1 kub metr uchun 1800 so‘m va undan yuqori tariflarda hisoblanadi.
1 martdan boshlab O‘zbekistonda oyiga 100 kub metrdan ortiq iste’mol qilingan gaz 1800 so‘m va undan yuqori tariflarda hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda esa mazkur tartib 15-martdan kuchga kiradi.
Gaz qazib olish hajmi oshiriladi — prezident “O‘zbekneftgaz” rejalari bilan tanishdi