Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari ikki aholi punktini egalladi — ilgarilash uchun yo‘l ochildi

Rossiya harbiy idorasi bayonotiga ko‘ra, so‘nggi operatsiyalar davomida ikki aholi punkti nazoratga olingan va bir necha kvadrat kilometr hudud qo‘lga kiritilgan
Sputnik
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatidagi Neskuchnoe hamda Zaporojye viloyatidagi Gorkiy aholi punktlarini nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, 11-armiya korpusining 9-motoo‘qchi polki hujum guruhlari aholi punktiga kirib, binolarni tozalab, yangi pozitsiyalarda mustahkamlangan. Hujum oldidan artilleriya va dronlar qo‘llanilgani aytilmoqda. Ular Ukraina Qurolli kuchlarining o‘t ochish nuqtalari va dron uchirish pozitsiyalarini nishonga olgan.
Vazirlik bayonotida qayd etilishicha, Neskuchnoe atrofidagi harakatlar chegara hududlarida “xavfsizlik zonasini kengaytirish” doirasida amalga oshirilgan.
Shuningdek, “Sharq” guruhi tarkibidagi 5-armiyaning 60-motoo‘qchi brigadasi Gorkiy aholi punktini egallagani bildirildi. Ta’kidlanishicha, janglar natijasida taxminan 6 kvadrat kilometr hudud nazoratga olingan.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Ukraina kuchlari beshta zihrli jangovar mashinasi, 12 ta dron boshqaruv punkti va yettita geksakopterini yo‘qotgan. Shuningdek, aloqa uzellari bostirilgan.
Bayonotga ko‘ra, ushbu harakatlar g‘arb tomon — Yuqori Ters va Vozdvijevka yo‘nalishida ilgarilash imkonini yaratgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya armiyasi Dnepropetrovsk viloyatidagi Krasnoznamenkani ozod qildi