Berlin shturmi va 33 jildli Xotira kitobi: Shon-sharaf muzeyiga sayohat

Davlat Shon-sharaf muzeyi — G‘alaba bog‘ida joylashgan, xalq jasorati va matonatiga bag‘ishlangan muqaddas maskan. Bu yerda Ikkinchi jahon urushiga oid milliy xotira va faxr timsollari jamlangan
Sputnik
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Davlat Shon-sharaf muzeyi sun’iy qurg‘on shaklida barpo etilgan bo‘lib, u o‘zbekistonliklarning urush yillaridagi qahramonligini abadiylashtirish maqsadida yaratilgan.
Toshkentdagi Davlat “Shon-Sharaf” muzeyi
Muzey an’anaviy ekspozitsiyalar bilan birga zamonaviy interaktiv texnologiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Bu yerda mehmonlar eksponatlarni tomosha qilish bilan bir qatorda o‘sha davr ruhini his etadi, front maktublarini “eshitadi”, tarixiy lavhalarni 3D proyeksiyalarda ko‘radi.
Toshkentdagi Davlat “Shon-Sharaf” muzeyi
Toshkentdagi Davlat “Shon-Sharaf” muzeyi
Loyiha veteranlar, tarixchilar va me’morlar hamkorligida amalga oshirilgan. Uning asosiy vazifasi — O‘zbekistonning fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaga qo‘shgan hissasini kelajak avlodlarga yetkazish.
Toshkentdagi Davlat “Shon-Sharaf” muzeyi
Olti zal — olti sahifa
Muzey ekspozitsiyasi olti mavzuviy bo‘limdan iborat.
1. Safarbarlik va qahramonlik. Qariyb 1,95 million o‘zbekistonlik frontga jo‘natilgan, ularning katta qismi ortga qaytmagan. Bu zalda orden va medallar, harbiy kiyimlar, front maktublari namoyish etilgan.
2. Mustahkam orqa front. O‘zbekiston bir millionga yaqin evakuatsiya qilingan aholini qabul qilgan. Gospitallar, ko‘chirilgan zavodlar va ayollar mehnati haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etilgan.
3. Ilm-fan va ta’lim. Urush yillarida ham ta’lim muassasalari faoliyat yuritgan, olimlar yangi texnologiya va dorilar yaratgan.
4. Madaniyat va san’at. Plakatlar, kinoxronika va qo‘shiqlar xalq ruhini ko‘tarib, jamiyatda birlik va ishonchni mustahkamlagan.
5. G‘alaba va xalq shodiyonasi. Ozodlik quvonchi va veteranlar xotiralari jonli lavhalar orqali aks ettirilgan.
6. Xotira kitobi. 33 jildli to‘plamda urushda qatnashgan yurtdoshlar nomlari muhrlangan. Interaktiv tizim orqali mehmonlar o‘z yaqinlari haqida ma’lumot topishi mumkin.
Toshkentdagi Davlat “Shon-Sharaf” muzeyi
Toshkentdagi Davlat “Shon-Sharaf” muzeyi
Toshkentdagi Davlat “Shon-Sharaf” muzeyi
Zamonaviy yondashuv
Muzeyda gologrammalar va multimedia ekranlari tarixni ta’sirchan va jonli tarzda namoyon etadi. Berlin shturmiga bag‘ishlangan zal ayniqsa katta taassurot qoldiradi. Ekspozitsiya yakunida esa tinch va zamonaviy O‘zbekiston yutuqlari namoyish etiladi.
Toshkentdagi Davlat “Shon-Sharaf” muzeyi
Toshkentdagi Davlat “Shon-Sharaf” muzeyi
Toshkentdagi Davlat “Shon-Sharaf” muzeyi

“Bu yerda har bir eksponat — jasorat, har bir zal — tirik tarix, har bir ism — abadiy xotira”.

Toshkentdagi Davlat “Shon-Sharaf” muzeyi
Toshkentdagi Davlat “Shon-Sharaf” muzeyi
Toshkentdagi Davlat “Shon-Sharaf” muzeyi
Muzey maktab o‘quvchilari va talabalar uchun ekskursiyalar, ma’ruzalar va uchrashuvlar tashkil etadi. Ekskursiyalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘tkaziladi.