TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Rossiya harbiylari Dnepropetrovsk viloyatidagi Krasnoznamenka aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Markaz” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari qulay chegara va pozitsiyalarni egalladi, Dnepropetrovsk viloyatidagi Krasnoznamenka aholi punktini ozod qildi”, - deyilgan xabarda.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari hafta davomida maxsus harbiy operatsiya hududidagi 4 ta qishloqni ozod qilishga muvaffaq bo‘lgan.