O‘zbekistonlik sablyachilar Osiyo chempionatida kumush medalga sazovor bo‘lishdi

Finalda ular xitoylik sportchilarga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
Sputnik
TOShKENT, 27 fev – Sputnik. O‘zbekistonlik sablyachilar Indoneziyadagi qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida jamoaviy dasturda kumush medalga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sablya bo‘yicha qizlar o‘rtasida kechgan bahslarda o‘zbekistonlik sportchilar saralashda Avstraliya va Qozog‘iston vakillarini mag‘lubiyatga uchratishdi.
Biroq finalda xitoylik sportchilarga imkoniyatni boy berib, kumush medalga ega chiqishdi.
O‘zbekistonlik sablyachi Osiyo chempioni bo‘ldi — u kimlarni mag‘lubiyatga uchratdi?