TOShKENT, 27 fev – Sputnik. O‘zbekistonni Afg‘oniston va Tojikiston bilan bog‘lovchi yo‘l 30-yil ichida ilk bor ta’mirlanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli topshiriq berdi.
Davlat rahbari viloyatni kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda yo‘l va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishga to‘xtalib o‘tdi.
Mirziyoyev O‘zbekistonni Afg‘oniston va Tojikiston bilan bog‘laydigan 178 kilometrli magistral yo‘l qariyb 30-yildan beri kapital ta’mirlanmaganini ta’kidladi.
Mutasaddilarga qurilish ishlarini uch oy ichida boshlash topshirildi.