Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Kreml Kiyevning muzokaralar pozitsiyasi o‘zgarganini ko‘rmayapti

Peskov Ukraina bo‘yicha muzokaralar Rossiya, Ukraina va AQSh o‘rtasida davom etishini tasdiqladi.
Sputnik
TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Kreml Ukrainadagi mojaroni hal etish doirasida Kiyevning muzokaralar pozitsiyasi sezilarli o‘zgarganini ko‘rmayapti. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Yo‘q, hozircha Kiyev rejimining pozitsiyasi sezilarli o‘zgarganini qayd etib bo‘lmaydi”, - dedi Peskov.
Shu bilan birga, u Ukraina bo‘yicha muzokaralar Rossiya, Ukraina va AQSh o‘rtasida davom etishini tasdiqladi.
“Formatga kelsak, ha, gap uch tomonlama format davomi haqida ketapti”, - dedi Kreml vakili.
Uch tomonlama muzokaralarning birinchi raundi 23-24 yanvar kunlari Abu-Dabida bo‘lib o‘tdi. Keyingi raund ham o‘sha yerda 4-5 fevral kunlari bo‘lib o‘tdi. Keyin tomonlar 17-18 fevral kunlari Jenevada muzokaralar o‘tkazishdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
OAV: Ukraina armiyasi frontda soni va jihozlanishda Rossiya Qurolli kuchlaridan ortda qolmoqda