TOShKENT, 27 fev – Sputnik. 1 martdan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalarni (jarima xatlari) yetkazib berish to‘xtatiladi. Bu haqda "O‘zbekiston pochtasi" AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, xizmat ko‘rsatishning to‘xtatilishiga Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish davlat muassasasi bilan 2026-yil uchun shartnoma imzolanmagani sabab bo‘lgan. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi pochta jo‘natmalari qabul qilinmaydi va yetkazilmaydi.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ mazkur masala yuzasidan qo‘shimcha tafsilotlar e’lon qilinishi bilan jamoatchilikka ma’lum qilib borilishini bildirdi.