TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarida mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirish bo‘yicha ish olib borilmoqda.
Sputnik Qirg‘iziston nashrining yozishicha, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi a’zo davlatlar hukumatlari uchun tavsiyalar tayyorlagan.
Ular, jumladan, mehnat mobilligini qo‘llash va mehnat bozori moslashuvchanligini kuchaytirishga qaratilgan.
Mehnat mobilligi – bu odamlarning ishi, kasbi yoki ishga joylashish uchun yashash mintaqasini o‘zgartirishga qodirligi va tayyorligi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.