Bahodir va Behzod Xojimetovlarning "Qadriyat" nomli ko‘rgazmasi ochildi - foto

Bahodir Xojimetov an’anaviy miniatura va lokli bezak san’ati rivojiga katta hissa qo‘shgan rassom, Behzod Xojimetov ishlari esa Samarqand xalqaro aeroporti va Islom sivilizatsiyasi markazi kabi yirik obyektlarda namoyish etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Toshkent Fotosuratlar uyida zamonaviy miniatura namoyandalari Bahodir va Behzod Xojimetovlarning "Qadriyat" ko‘rgazmasi ochildi.
Bahodir va Behzod Xojimetovlarning "Qadriyat" ko‘rgazmasi

Ko‘rgazmada 80 taga yaqin asar namoyish etildi. Ekspozitsiya an’anaviy miniatura maktabi bilan zamonaviy badiiy ifoda uyg‘unligi asosida avlodlar o‘rtasidagi ijodiy muloqot tarzida tashkil etildi.
Bahodir va Behzod Xojimetovlarning "Qadriyat" ko‘rgazmasi
Bahodir va Behzod Xojimetovlarning "Qadriyat" ko‘rgazmasi

“An’ana — bu o‘tmish soyasi emas, balki kelajakka yo‘l ko‘rsatuvchi nurdir”.

Bahodir va Behzod Xojimetovlarning "Qadriyat" ko‘rgazmasi
Bahodir va Behzod Xojimetovlarning "Qadriyat" ko‘rgazmasi
Bahodir Xojimetov (1951, Toshkent) an’anaviy miniatura va lokli bezak san’ati rivojiga katta hissa qo‘shgan rassom bo‘lib, asarlarida Alisher Navoiy, Amir Temur, Kamoliddin Behzod, Mirzo Ulug‘bek va Zahiriddin Muhammad Bobur obrazlarini yaratgan. U 2013-yilda “Shuhrat” medali, 2025-yilda esa “Oltin medal” bilan taqdirlangan.
Bahodir va Behzod Xojimetovlarning "Qadriyat" ko‘rgazmasi
Bahodir va Behzod Xojimetovlarning "Qadriyat" ko‘rgazmasi
Bahodir va Behzod Xojimetovlarning "Qadriyat" ko‘rgazmasi
Behzod Xojimetov (1979, Toshkent) “Xattotlik va miniatura” yo‘nalishida tahsil olgan, san’atshunoslik bo‘yicha PhD darajasiga ega. U miniaturani zamonaviy shakllarda — keramik panno va yirik devoriy kompozitsiyalarda namoyon etmoqda. Uning ishlari Samarqand xalqaro aeroporti va O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi kabi yirik obyektlarda namoyish etilgan.