Qo‘qonda ko‘p qavatli uydagi portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan portlash bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Sputnik
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. 25 fevral kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida sodir bo‘lgan portlash oqibatda bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, u bu uyda yashagan, 2007-yilda tug‘ilgan fuqaro. Uni beton qoplama (plita) bosib qolgan.
Hodisa tufayli bir nechta xonadonga zarar yetgan. Boshqa jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
V rezultate pojara v Kokande pogib odin chelovek.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Uch kishi vafot etdi, biri og‘ir ahvolda: Gulistondagi yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi