TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Toshkent shahrida avtomobillar uchun ekologik stikerlar tizimini joriy etishga bag‘ishlangan matbuot anjumani Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tadi.
Tadbir 26-fevral kuni soat 14:00 da boshlanadi.
Ishtirokchilar:
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoir YO‘LDOShEV;
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Ekspertiza markazi direktori o‘rinbosari Vacheslav ShI-SAN;
"Ekolog" NNT direktori Nargis QOSIMOVA.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi oxirida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi avtotransport chiqindilarini kamaytirish va atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Ekologik transport” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibini tasdiqlagan edi.
Matbuot anjumanida yangi tizim qanday ishlashi, u kimlarga tatbiq etilishi hamda uning haydovchilar va poytaxtdagi ekologik vaziyatga ta’siri muhokama qilinishi kutilmoqda.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev