O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda yagona intellektual transport makoni: tashuvchilarga bundan qanday foyda

Haydovchilar yo‘l holati, tirbandlik va ob-havo haqida tezkor ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo davlatlarda intellektual transport tizimlari hamkorligini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat YeOII mamlakatlari o‘rtasida intellektual transport tizimlarini integratsiya qilish, ilg‘or tajribalarni joriy etish va o‘zaro axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.
Amaliy chora-tadbirlar qatorida asosiy xizmatlar ro‘yxatini shakllantirish, ma’lumot almashinuvi formatlarini ishlab chiqish va tegishli meyoriy bazani takomillashtirish belgilangan.
Intellektual transport tizimlarining o‘zaro integratsiyasi yagona axborot makonini yaratishga xizmat qiladi. Bu orqali tashuvchilar ob-havo sharoiti, tirbandliklar va yo‘l-transport hodisalari haqida standartlashtirilgan ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston va YeOII
Qozog‘iston yirik transport-logistika xabga aylanmoqda — temir yo‘l tranziti 20%dan ko‘p o‘sdi