TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Samarqandda bo‘lib o‘tadigan xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasiga Rossiyadan 10 taga yaqin kompaniya tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Mart oyining birinchi kunlarida Samarqandda beshinchi xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Forum an’anaviy ravishda agrosanoat majmuasi vakillari, investorlar, texnika ishlab chiqaruvchilar hamda soha ekspertlarini birlashtiradi.
SOF EXPO Samarkand ko‘rgazma majmuasi rahbari Ahmad Tojiboyevning ma’lum qilishicha, 130 taga yaqin kompaniya va tashkilot ishtirokini tasdiqlagan. Ularning 30 tadan ortig‘i xorijiy vakillardir. Shu bilan birga, har uchinchi xorijiy kompaniya Rossiya va Belarusdan.
Na mejdunarodnuyu selxozvistavku v Samarkand priyedut poradka 10 kompaniy iz RF
© Sputnik
Rossiya agrar tarmog‘ini “Sibagro” AJ, “Soxrani zerno” MChJ, “Alnikor” ilmiy-tadqiqot korxonasi, “Rostselmash” va boshqa kompaniyalar taqdim etadi.
Ko‘rgazmada Rossiya Federatsiyasi hududlari ham namoyish etiladi. Umuman olganda, Rossiya va Belarus mahsulotlari ekspozitsiyasi qariyb 300 kvadrat metr maydonni egallaydi.