TOShKENT, 24 fev — Sputnik. 25 fevral kuni soat 12:00 da Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida “Ko‘p qutblilik davrida Rossiya siyosati: Markaziy Osiyoning roli” mavzusida Ostona–Moskva–Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Jahon geosiyosiy beqarorligi sharoitida Rossiya Osiyo bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga tobora ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Gap nafaqat Xitoy va Hindiston, balki xalqaro savdo yo‘nalishlarining hozirgi va kelajakdagi markaziga aylanayotgan Markaziy Osiyo mintaqasi haqida ham bormoqda.
Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik so‘nggi yillarda qanday o‘zgardi? Rossiyaning mintaqa mamlakatlari bilan hamkorlik istiqbollari qanday? Qanday global loyihalar birgalikda amalga oshirilishi mumkin? Ushbu va boshqa savollarga tadbir ishtirokchilari javob beradi.
Spikerlar:
Moskva:
Yekaterina Entina — Milliy tadqiqot universiteti “Oliy iqtisodiyot maktabi” (NIU VShE) O‘rta yer dengizi tadqiqotlari markazi direktori;
Viktoriya Karsliyeva — Gorchakov jamg‘armasi direktori o‘rinbosari;
Darya Saprinskaya — Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi.
Ostona:
Alibek Tajibayev — “Yevroosiyo monitoringi” tahliliy tadqiqotlar markazi direktori.
Toshkent:
Ra’no Tursunova — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Siyosatshunoslik” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori.
Tadbir Sputnik O‘zbekiston sayti hamda VKontakte ijtimoiy tarmog‘ida jonli efirda namoyish etiladi.