“Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” tanlov ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi - foto

Asarlarda milliy istiqlol g‘oyalariga hamohanglik, badiiy g‘oyaning izchilligi hamda zamonaviy va betakror yechimlar yaqqol namoyon bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekiston badiiy akademiyasining Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida “Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” nomli tanlov ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ijodiy loyiha mamlakatda bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy mazmunini kuchaytirish va ommalashtirishga qaratilgan tashabbus sifatida tashkil etildi.
“Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” tanlov ko‘rgazmasi
“Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” tanlov ko‘rgazmasi
“Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” tanlov ko‘rgazmasi
Tanlov O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 824-son qaroriga muvofiq 2026-yil fevral oyida o‘tkazildi. Qarorga ko‘ra, umumxalq bayramlarining madaniy, tarixiy va g‘oyaviy jihatlarini badiiy asarlar orqali yoritish, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish maqsad qilingan.
“Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” tanlov ko‘rgazmasi
“Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” tanlov ko‘rgazmasi
“Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” tanlov ko‘rgazmasi
Ko‘rgazmada haykaltaroshlik yo‘nalishida ijod qilib kelayotgan 14 nafar mutaxassis va yosh haykaltarosh ishtirok etdi. Ular tomonidan 50 ga yaqin ijodiy ish namoyish etildi. Asarlarda milliy istiqlol g‘oyalariga uyg‘unlik, badiiy fikrning izchilligi va zamonaviy yechimlar aks etgan.
“Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” tanlov ko‘rgazmasi

Mazkur tanlov haykaltaroshlik san’atining jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

“Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” tanlov ko‘rgazmasi
Ijodiy ishlar 2026-yil 15-fevralga qadar Badiiy akademiya tashkiliy qo‘mitasi tomonidan qabul qilindi. Ishtirokchilar asarlarida xalq an’analari, urf-odatlar va tarixiy qadriyatlarni badiiy ifoda etishga alohida e’tibor qaratdilar.Hakamlar hay’ati tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomlari, Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zolari, Badiiy ijodkorlar uyushmasi vakillari, taniqli san’at arboblari va mutaxassislar kiritildi. Baholash jarayoni shaffof va xolis tarzda o‘tkazildi.
“Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” tanlov ko‘rgazmasi
“Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” tanlov ko‘rgazmasi
Hakamlar hay’ati tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomlari, Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zolari, Badiiy ijodkorlar uyushmasi vakillari, taniqli san’at va madaniyat arboblari, olim va mutaxassislar kiritildi. Baholash jarayoni shaffof va xolisona tarzda amalga oshirildi.
“Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” tanlov ko‘rgazmasi
Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi:
• 1-o‘rin — Jonibek Hotamov
• 2-o‘rin — O‘lmas Yoqubov
• 3-o‘rin — Artur RajapovG‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.Ko‘rgazma joriy yilning 3-martiga qadar davom etadi. Madaniy tadbir haykaltaroshlik san’ati ixlosmandlari va keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
“Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” tanlov ko‘rgazmasi
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
“Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” tanlov ko‘rgazmasi
“Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” tanlov ko‘rgazmasi
“Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” tanlov ko‘rgazmasi
Ko‘rgazma joriy yilning 3-martiga qadar davom etadi. Mazkur madaniy tadbir nafaqat haykaltaroshlik san’ati ixlosmandlari, balki keng jamoatchilik uchun ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.