TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, markaziy apparat tuzilmasi optimallashtirilmoqda, ishlab chiqarish xizmatlari va pudrat ishlari bo‘yicha narxlar qayta ko‘rib chiqilmoqda, kredit portfeli tartibga solinmoqda. Sohaga oid bo‘lmagan aktivlar chiqarilmoqda hamda debitor qarzdorlikni qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.
2026–2027 yillarda yangi maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini kuchaytirish, 3D seysmik tadqiqotlar hajmini oshirish va quduqlarni qurilish bilan yakunlash rejalashtirilgan. Joriy yil yanvar–fevral oylarida ikkita yangi gaz kondensat koni ochilgani ma’lum qilindi.
Strategik rivojlanish doirasida forenzik audit o‘tkazish, xarid jarayonlarini takomillashtirish, ESG tamoyillarini joriy etish va hisobotlarni xalqaro standartlarga mos tayyorlash ishlari tezlashtiriladi.
Davlat rahbari mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Ma’lumot uchun: Forenzik audit — moliyaviy faoliyatni chuqur tahlil qilib, ehtimoliy qonunbuzilish yoki korrupsiya holatlarini aniqlashga qaratilgan maxsus tekshiruv.
ESG (Environmental, Social, Governance) — kompaniya faoliyatida ekologik mas’uliyat, ijtimoiy barqarorlik va korporativ boshqaruv standartlariga rioya qilish tamoyillari.
ESG (Environmental, Social, Governance) — kompaniya faoliyatida ekologik mas’uliyat, ijtimoiy barqarorlik va korporativ boshqaruv standartlariga rioya qilish tamoyillari.