Xorazmda 33 ta yangi avtobus va mikroavtobus yo‘nalishlarga chiqadi

Urganch shahriga 16 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Shuningdek, Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlarida 17 ta yangi mikroavtobus shahar va shahar atrofi yo‘nalishlariga joylashtiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Urganch shahridagi “Opel-Trans” MChJ tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan 16 dona “ASIASTAR” rusumli zamonaviy avtobuslar olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, avtobuslar Urganch shahri ichidagi yo‘nalishlarga brutto-shartnoma asosida joylashtirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Qo‘shko‘pir tumanidagi “Zargar Voha Trans” MChJ 12 dona, Xonqa tumanidagi “Asil Javohir Bek” MChJ esa 5 dona “JAC Sunray” rusumli mikroavtobuslarni olib keldi.
V gorod Urgench dostavleno 16 sovremennix avtobusov i 17 mikroavtobusov
Yangi mikroavtobuslar shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlariga joylashtirilib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Qarshi shahrida 43 dona yangi avtobus yo‘nalishga qo‘yildi