O‘zbekiston va YeOII

Qirg‘iziston va Qozog‘iston yetakchi: YeOIIda 2025-yilda iqtisodiyot o‘sdi

Ittifoqqa a’zo davlatlarda sanoat sohasida ijobiy dinamika saqlandi. Eng yuqori o‘sish Qirg‘iziston va Qozog‘istonda qayd etilgan, qayta ishlash sanoati ham sezilarli ravishda oshdi
Sputnik
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo davlatlarda sanoat ishlab chiqarish hajmi 2024-yilga nisbatan 1,6 foizga o‘sdi. Bu haqda Rossiya TIVning MDH mamlakatlari bo‘yicha birinchi departamenti, Yevroosiyo iqtisodiy integratsiya bo‘limi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, sanoatdagi ijobiy dinamika Ittifoqning deyarli barcha a’zo davlatlarida kuzatilgan.
Jumladan:
– Qirg‘izistonda o‘sish 10,6 foizni;
– Qozog‘istonda 7,5 foizni;
– Rossiyada 1,3 foizni;
– Armanistonda 0,5 foizni tashkil etdi.
Shuningdek, qayta ishlash sanoati sohasida ishlab chiqarish hajmi 3,4 foizga oshgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII davlatlari iqtisodiyoti: YeIK vaziri 2025-yilning asosiy raqamlarini e’lon qildi