O‘zbekiston va Afg‘oniston TIV rahbarlari iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

O‘zbekiston va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va mintaqaviy barqarorlik masalalari muhokama etildi.
Sputnik
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. 21 fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat davomida tomonlar ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashib, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ustuvor sohalarda amaliy loyihalarni jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Shuningdek, barqarorlik va izchil taraqqiyot asosida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash hamda mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha qat’iy pozitsiya tasdiqlandi.
Saidov afg‘onistonlik hamkasbi bilan telefon orqali muloqot qildi