TOShKENT, 22 fev — Sputnik. “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi birinchi mavsumida loyihalarni kiritish bosqichi doirasida 21 049 ta tashabbus kelib tushdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur jarayon 1-fevraldan 20-fevralga qadar davom etdi. Shu davr mobaynida 8 103 ta mahallaga taalluqli loyihalar taqdim etildi. Loyihalarni moliyalashtirish uchun 2 188,2 mlrd so‘m ajratilgan. Shuningdek, 645 ta sheriklik loyihasi taqdim etildi.
21 fevraldan 7-martga qadar loyihalarni saralash bosqichi o‘tkaziladi.
Viloyatlar kesimida tashabbuslar soni:
Toshkent viloyati — 2 129 ta
Farg‘ona viloyati — 2 050 ta
Samarqand viloyati — 1 832 ta
Surxondaryo viloyati — 1 577 ta
Qashqadaryo viloyati — 1 577 ta
Xorazm viloyati — 1 590 ta
Buxoro viloyati — 1 571 ta
Namangan viloyati — 1 532 ta
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1 520 ta
Andijon viloyati — 1 474 ta
Toshkent shahri — 1 348 ta
Navoiy viloyati — 930 ta
Sirdaryo viloyati — 888 ta
Sohalar kesimida:
Yo‘llarni ta’mirlash — 9 820 ta
Maktablarni ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish — 2 891 ta
Bolalar o‘yingohlari barpo etish va ta’mirlash — 1 645 ta
Elektr energiyasi ta’minoti — 1 275 ta
Mahalla guzarlarini ta’mirlash — 997 ta
Ichimlik suvi va oqava tizimi — 687 ta
Ko‘cha chiroqlari — 593 ta
Maktabgacha ta’lim muassasalari — 590 ta
Sog‘liqni saqlash muassasalari — 556 ta
Boshqa loyihalar — 1 995 ta.