TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Oliy toifali o‘qituvchilarga uy-joy sotib olishda subsidiya ajratish tartibi tasdiqlandi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevralda imzolangan 69-sonli qarorida aytib o‘tilgan.
"15 yil ish staji va oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarga ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich to‘lovning 25 foizi qoplab beriladi", - deyiladi Qaror matnida.
Ushbu subsidiyani olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali ariza topshirish kerak. Arizalar "subsidiya.idm.uz" portali orqali inson omilisiz ko‘rib chiqiladi.
Ushbu Qarorning ijrosi uchun Davlat budjetidan har yili 200 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
Ushbu Qarorning ijrosi uchun Davlat budjetidan har yili 200 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ikki hafta ichida yuqorida qayd etilgan mezonlarga to‘g‘ri keladigan oliy toifali o‘qituvchilar ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va tegishli vazirlik va platformalarga yo‘naltiradi.