Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

UQK maxsus operatsiya davomida 1,5 mln dan ziyod kishisidan ayrildi – Rossiya Bosh shtabi QQ

Rudskoyning qo‘shimcha qilishicha, 2025-yilning o‘zida Ukraina Qurolli kuchlari 520 mingdan ziyod askarini yo‘qotgan.
Sputnik
TOShKENT, 20 fev – Sputnik. Ukraina armiyasi maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishi davomida 1,5 milliondan ziyod kishisini yo‘qotdi. Bu haqda Rossiya Bosh shtabi Tezkor bosh boshqarmasi boshlig‘i – Bosh shtab boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari general-polkovnik Sergey Rudskoy ma’lum qildi.
“Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina qo‘shinlari yo‘qotishlari 1,5 million kishidan oshdi”, - dedi u “Krasnaya zvezda” nashriga bergan intervyusida.
Rudskoyning qo‘shimcha qilishicha, 2025-yilda Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) 520 mingdan ziyod askarini yo‘qotgan. Shuningdek, dushman 12 mingtadan ziyod uskunasi va minomoti va 6,7 mingtaga yaqin tank va zirhlangan mashinasidan ayrilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Kupanskda “sovuq jahannam”: Ukraina harbiylarining 30 foizi sovuq tufayli safdan chiqmoqda