Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

Afg‘onistonning Bag‘lon viloyatida sodir bo‘lgan 6 magnitudali zilzila kuchi Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida sezildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 fev – Sputnik. Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonning ba’zi hududlarida sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring markaziga ko‘ra, yer qimirlashi episentri Afg‘onistonning Bag‘lon viloyatiga to‘g‘ri kelgan.
Magnituda: 6, chuqurlik: 76 km.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Surxondaryo viloyati - 2-3 ball, 246 km.
Qashqadaryo viloyati - 2 ball, 464 km.
Afg‘onistonda zilzila: Surxondaryoda 5 ball, Toshkentda 2–3 ball sezildi