Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Mudofaa vazirligi Sumi viloyatidagi Xarkovka uchun jang tafsilotlarini ochiqladi

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hujumda uchuvchisiz apparatlar va mobil minomot guruhlari qo‘llanilgan.
Sputnik
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Sumi viloyatidagi Xarkovka aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatish operatsiyasi tafsilotlarini ma’lum qildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, qishloq ustidan nazorat 80-alohida motoo‘qchi brigadasining hujum guruhlari tomonidan qat’iy harakatlar natijasida o‘rnatilgan.
Qayd etilishicha, asosiy hujumdan oldin tunda optik tolali uchuvchisiz uchish apparatlari hamda mobil minomot guruhlari dushman pozitsiyalari bo‘ylab faol ishlagan.
Shuningdek, hujumchi bo‘linmalar himoyalangan aloqa vositalari va qishki maskirovka kiyimlaridan foydalangan holda yashirincha yaqinlashgan va dushman qarshiligini tezda bostirgan.
Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, “Shimol” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Sumi va Xarkov viloyatlari chegara hududlarida xavfsizlik hududini kengaytirishda davom etmoqda.
Sumi viloyatidagi Xarkovka kecha ozod qilingani ma’lum bo‘lgandi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya harbiylari Sumi va Zaporojyeda ikki qishloqni ozod qildi