Epshteyn mojarosi: Angliya politsiyasi qirolning ukasini qo‘lga oldi

Britaniya politsiyasi qirol Charlz III ning ukasi Endryu Mauntbetten-Vindzorni amerikalik moliyachi Jeffri Epshteyn bilan bog‘liq mojarolar fonida qo‘lga oldi.
Sputnik
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Britaniya politsiyasi Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning ukasi Endryu Mauntbetten-Vindzorni amerikalik moliyachi Jeffri Epshteyn bilan bog‘liq mojarolar fonida qo‘lga oldi. Bu haqda "Express" gazetasi ma’lumotiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, Endryu davlat xizmatida nojo‘ya xatti-harakatlarda gumonlanib qo‘lga olingan.
Temza vodiysi politsiyasi bayonotida Norfolkda “60 yoshdan oshgan erkak” davlat xizmatida nojo‘ya harakatlarda gumonlanib hibsga olingani tasdiqlangan. Shuningdek, ish doirasida Berkshir va Norfolkdagi bir nechta manzillarda tintuvlar o‘tkazilmoqda.
Britaniya politsiyasi prokuratura bilan Endruning Epshteynga Birlashgan Qirollik hukumat hujjatlarini yashirincha yuborgani haqidagi xabarlarni ham muhokama qilayotganini ma’lum qildi.
Endryu bir necha yildan beri Epshteyn bilan aloqalari tufayli mojarolar markazida bo‘lib kelgan. 2025-yil dekabrida Charlz III uni barcha unvonlaridan mahrum qilgan. Epshteyn ishi bo‘yicha fayllarning so‘nggi partiyalaridan birida u polda yotgan noma’lum yosh ayolga egilib turgan fotosuratlar mavjud. OAV aniqlashicha, bino Epshteynning Nyu-Yorkdagi qasri bo‘lib chiqdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainaga oid yaxshi yangiliklar, Eron, Yevropadagi AQSh armiyasi haqida - Tramp bayonotlari