TOShKENT, 18 fev — Sputnik. AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarining katta qismini amalga oshirgan. Bu haqda "The Economist" jurnali "Risk Advisory" konsalting kompaniyasi rahbari Patrik Lordga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, o‘tgan yozda Donald Tramp Ukrainaga yangi muzokaralar bosqichini boshlash maqsadida bosim o‘tkazganidan so‘ng ko‘plab amerikalik huquqshunoslar Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishning ehtimoliy ssenariylarini ishlab chiqish ustida ishlagan.
Manbaning qayd etishicha, "tayyorgarlik ishlarining katta qismi allaqachon bajarilgan".
Shu bilan birga, Rossiya rasmiylari G‘arb tomonidan joriy etilgan sanksiyalar bosimiga mamlakat moslashayotganini bir necha bor ta’kidlagan. Moskvada G‘arb davlatlari sanksiyalarning samaradorligi masalasida ochiq tan olishga tayyor emasligi qayd etilgan.