"Chevrolet Damas Max" va "Move" sotuvga chiqdi: texnik xususiyatlar va narxlar

"UzAuto" "Motors Chevrolet Damas Max" va "Chevrolet Damas Move" modellari uchun shartnoma ochdi. Yangi versiyalarni rasmiy dilerlar orqali xarid qilish mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. "Chevrolet Damas Max" va "Chevrolet Damas Move" modellari uchun shartnoma berish jarayoni boshlandi. Bu haqda "UzAuto Motors" matbuot xizmati xabar qildi.
Avtomobillarni xarid qilish bo‘yicha shartnomalar kompaniyaning rasmiy dilerlik markazlarida rasmiylashtiriladi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yangi "Damas Move" va "Max" modellari kundalik foydalanishga mos, sodda va amaliy dizaynga ega. Barcha takliflar rasmiy veb-saytda joylashtirilgan.

Texnik xususiyatlari:
Uzunligi — 4,42 m
Kengligi — 1,67 m
Yuk ko‘tarish qobiliyati — 650 kg
Dvigatel hajmi — 1,2 va 1,5 litr
Quvvati — 60 kVt (81 ot kuchi) va 76 kVt (103 ot kuchi)
Narxlar:
Damas Max Van 1.2 LV0 — 134 439 000 so‘m
Damas Max Van 1.5 LV0 — 142 471 000 so‘m
Damas Move PAS 1.2 LV0 — 139 675 000 so‘m
Damas Move PAS 1.2 LV1 — 144 563 000 so‘m
Damas Move PAS 1.5 LV0 — 149 011 000 so‘m
Damas Move PAS 1.5 LV1 — 154 128 000 so‘m
"UzAuto Motors" 8 ta yangi model chiqarishni rejalashtirmoqda