TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekiston karatechilari Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan WKF yo‘nalishidagi xalqaro turnirda medallarga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
-57 kg vazn toifasida Solijon Soibov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shu vaznda Artur Karimboyev bronza medal sohibi bo‘ldi.
-47 kg vazn toifasida Sarvinoz Lapasova kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Karatisti iz Uzbekistana udostoilis medaley na turnire WKF, proxodashem v OAE
© Ministerstvo sporta
Avval xabar qilinganidek, Suhrab Sa’dullayev ham barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medal sohibiga aylangan.
Mazkur musobaqada jami O‘zbekiston milliy terma jamoasining 16 nafar sportchisi ishtirok etmoqda.