O‘zbekiston gilos va olcha yetishtirishda yetakchilar safida — BMT ma’lumotlari

BMTning FAO tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston 209 ming tonna gilos yetishtirib, dunyodagi yetakchi davlatlar beshligiga kirdi. Olcha ishlab chiqarishda esa Rossiya birinchi bo‘ldi
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekiston 2024-yil yakunlariga ko‘ra, dunyoda eng ko‘p gilos yetishtiruvchi davlatlar beshligiga kirdi. Bu haqda RIA Novosti BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga tayanib xabar qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda dunyo bo‘yicha gilos ishlab chiqarish hajmi (yangi ma’lumotlar hali e’lon qilinmagan) 1,5 million tonnani tashkil etgan. Liderlar beshligiga Turkiya (726,5 ming tonna), Chili (597 ming), AQSh (333,1 ming), O‘zbekiston (209 ming) va Eron (136,9 ming) kirgan. Rossiya bu yo‘nalishda 53,4 ming tonna bilan 11-o‘rinni egallagan.
Shu bilan birga, olcha yetishtirish bo‘yicha Rossiya dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. 2024-yilda jahonda 1,5 million tonna vishnya ishlab chiqarilgan bo‘lsa, shundan 265,4 ming tonna yoki 18 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan — bu deyarli har beshinchi tonna demakdir.
Keyingi o‘rinlarda Turkiya (206,7 ming tonna yoki 14 foiz), Ukraina (171,2 ming tonna yoki 12 foiz), shuningdek Serbiya (136,8 ming) va Eron (136,1 ming) joy olgan. Kuchli o‘nlikka Polsha (110,2 ming tonna), AQSh (97,4 ming), O‘zbekiston (94,4 ming), Vengriya (62,7 ming) va Ozarbayjon (51,8 ming) ham kirgan.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston YeOIIga qancha gilos eksport qildi?