O‘zbekiston va YeOII

YeOII davlatlari iqtisodiyoti: YeIK vaziri 2025-yilning asosiy raqamlarini e’lon qildi

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi 2025-yil yakunlari bo‘yicha YeOII davlatlarining makroiqtisodiy natijalarini e’lon qildi. YaIM o‘sishi 1,7 foizga, o‘zaro savdo 95 mlrd dollarga yetdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasida (YeIK) integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Daniyar Imanaliyevning matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Vazir 2025-yil yakunlari bo‘yicha Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo davlatlarning makroiqtisodiy rivojlanish natijalarini e’lon qildi.
Nutqning asosiy tezislari:
▪️ Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YeOII bo‘yicha yalpi ichki mahsulot o‘sishi 1,7 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
▪️ 2025-yilda iqtisodiy o‘sish asosan xizmat ko‘rsatish sohasi, chakana savdo, qurilish, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sanoati hisobiga ta’minlandi. Qishloq xo‘jaligida ham ijobiy dinamika kuzatildi.
▪️ Komissiya hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025-yil yakunlari bo‘yicha YeOII davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 95 milliard dollarni tashkil etadi.
▪️ 2025-yil yanvar–noyabr oylarida Ittifoqning umumiy bozoriga oziq-ovqat mahsulotlari, to‘qimachilik mahsulotlari va poyabzal yetkazib berish 20 foizga, yog‘och va sellyuloza-qog‘oz mahsulotlari 14 foizga, kimyo sanoati mahsulotlari 2,3 foizga oshdi.
▪️ 2025-yil yanvar–noyabr oylarida YeOII tashqi savdo aylanmasida o‘zaro savdoning ulushi 20,0 foizni tashkil etdi.
▪️ Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil yakunlari bo‘yicha YeOII mamlakatlarida inflyatsiya 6,5 foizgacha sekinlashdi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII kimyo, dori va tibbiy buyumlar bozorida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda