Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zelenskiy DXRning sharqiy qismidan voz kechishi mumkin – OAV

Shu bilan birga, Zelenskiy “yomon” tinchlik tuzish o‘rniga jangovar harakatlarni davom ettirishni afzal bilishini ma’lum qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Vladimir Zelenskiy, ehtimol, Donesk Xalq Respublikasining (DXR) sharqiy qismidan voz kechishga tayyor, deya yozadi “Atlantic” nashri.

“Uning ikki maslahatchisi Ukraina, ehtimol, eng og‘ir yon berishni qilishi mumkinligini aytdi: sharqdagi yerlar ustidagi nazoratdan voz kechish”, - deya maqoladan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Zelenskiy atrofidagilar, agar bahorda mojaroni tugatishga erishilmasa, Rossiya bilan bitim tuzish uchun imkoniyat yopilishi mumkinligi, Ukraina uzoq yillar davom etadigan janglarga duch kelishidan xavotirda.
Shu bilan birga, Zelenskiyning o‘zi, nashrning yozishicha, “yomon” tinchlik tuzish o‘rniga jangovar harakatlarni davom ettirishni afzal bilishini ma’lum qilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainada 15-maygacha tinchlik kelishuvi referendumi va prezidentlik saylovlari o‘tishi mumkin