Mirziyoyev avtokredit stavkasini pasaytirishni topshirdi

Mahalliy avtomobillarga talabni oshirish va avtokredit stavkalarini pasaytirish bo‘yicha topshiriq berildi.
Sputnik
TOShKENT, 13 fev – Sputnik.O‘zbekistonda avtokredit stavkasini pasaytirish va hajmini oshirish chorasi ko‘riladi. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev aholining mahalliy avtomobillarga talabini rag‘batlantirish maqsadida shunday topshiriq berdi.
Tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda yiliga 650 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega 4 ta yirik korxona bor.
2026-yilda 300 dan ziyod mahalliy korxonalar bilan kooperatsiya asosida yana 763 ta detalni ishlab chiqarishni boshlash muhim ekani ta’kidlandi. Ishlab chiqariladigan avtomobillar sonini 510 mingga yetkazish zarur.
Dehqon va fermerlarda bog‘dorchilik traktori, ko‘chat ekadigan, hosil yig‘adigan, kartoshka kavlaydigan agrotexnikalarga talab ortib borayotgani, Chirchiqdagi klaster to‘liq quvvatda ishlab, agrotexnikalarni arzon narxda chiqarsa, lizing kompaniyalari bilan qulay moliyaviy instrumentlar qilib berilsa, dehqon va fermerlar yiliga kamida 15 mingta texnikani sotib olishga tayyorligi ma’lum qilindi.
Prezident avtomobil sanoati mutasaddilariga har bir imkoniyatni mana shunday tahlil qilib, joriy yilgi ishlab chiqarish dasturini 10,5 foizlik o‘sishni ta’minlashga moslab qayta ko‘rib chiqishni topshirdi.
Yengil sanoat korxonalariga xomashyo garoviga $2 milliongacha kredit beriladi — yangi farmon