Yangi Toshkent qanday bo‘ladi va O‘zbekiston qurilish sohasini nima kutmoqda

Individual qurilishdan voz kechish va xalqaro standartlarga muvofiq ekologik markirovkalash –soha rivojlanishining yangi modeli Toshkentda bo‘lib o‘tgan UzBuild va ICCI 2026 ko‘rgazmalarida taqdim etildi.
Sputnik
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Toshkentda 27-O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmasi “Qurilish - UzBuild 2026” o‘z ishini boshladi. Tadbir doirasida 7-Qurilish sanoati xalqaro anjumani - ICCI 2026 ham bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Ma’ruzachilar qatorida “Yangi Toshkent” direksiyasi, xalqaro konsalting va developerlik kompaniyalari vakillari, shuningdek, arxitektura, barqaror qurilish va ekologik standartlar sohasidagi mutaxassislar bo‘ldi.
“Yangi Toshkent” direksiyasi departamenti boshlig‘i Azizbek Omonov qurilish sohasidagi asosiy o‘zgarishni — individual uylar qurilishidan kompleks qurilishga bosqichma-bosqicho‘tishni ta’kidladi.
“Qurilish sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biridir. Biz ommaviy qurilish, kompleks yondashuv haqida so‘z yuritmoqdamiz. Ekologik toza va energiya tejaydigan materiallarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Va, albatta, seysmik barqarorlik — bu muhim masaladir”, – dedi mutaxassis.
“Yangi Toshkent” loyihasi Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlarida deyarli 20 ming gektar maydonni qamrab oladi. Shahar yashash, sayyohlik va investitsiya markazi sifatida rejalashtirilmoqda. Qorasuv va Chirchiq darolari oralig‘idagi joylashuvi, kanallar va yashil hududlar nafaqat go‘zallik, balki mikroiqlim va investitsion jozibadorlikni shakllantirish vositasidir.
Energetika va barqaror rivojlanish bo‘yicha yetakchi maslahatchi Timur Axmedov loyihani insonparvarlik nuqtayi nazaridan tahlil qilmoqda.

“Oxir-oqibat, insonga yo‘naltirilgan qulay muhit – odamlarga mo‘ljallangan shahar barpo etilishi lozim. Odamlar avtomobilga qaramlikdan xalos bo‘lishi kerak: piyoda yurish, velosiped haydash, jamoat transporti, metro, tramvaydan foydalanish – biz aynan shularni maqsad qilganmiz. Agar tizim to‘g‘ri qurilsa, u kamroq energiya va suv sarflaydi – bu esa bevosita oila budjetiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, – deya fikr bildirdi Timur Axmedov.

Yangi Toshkent binolarida gaz bo‘lmaydi - imoratlar butunlay elektr bilan ta’minlanadi. Shuningdek, markazlashtirilgan isitish va konditsionerlash tizimlari ham rejalashtirilgan. “O‘n besh daqiqalik shahar” g‘oyasi kundalik xizmatlardan piyoda masofada foydalanish imkoniyatini nazarda tutadi.
"Boston Consulting Group" kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha loyihalar direktori Pavel Zolotarov Yangi Toshkentga keng mintaqaviy nuqtayi nazardan e’tibor qaratmoqda.
“Yangi Toshkent”ning birinchi bosqichi Manxetten hajmida, maqsadli miqyosi esa ikkita Parij kattaligida bo‘ladi. Bu quvvatlardan to‘liq foydalanish, yangi texnologiyalarga talab va uzoq muddatli shartnomalarni anglatadi. Barchamizga “Yangi Toshkent” kerak”, - deydi Zolotarov.
Uning baholashicha, Markaziy Osiyoda bir vaqtning o‘zida umumiy investitsiya hajmi taxminan 90 milliard dollarlik sakkizta yangi shahar loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu kapital, iste’dodlar va to‘lovga qodir talab uchun raqobatdir.
Anjumanning alohida qismi ekologik markirovkaga bag‘ishlandi. “Yashil belgi” tizimining rahbari Yevgeniya Kuznetsova milliy ekomarkirovkaning xalqaro integratsiyasi haqida ma’lumot berdi.

“Biz bir qator mamlakatlar bilan standartlarni muvofiqlashtirdik. O‘ttizdan ortiq mamlakat bunday markirovkalarni o‘zaro tan oladi. Bu yil biz ushbu hamjamiyatning to‘laqonli a’zosiga aylanamiz. Bu xalqaro miqyosda ishonch va e’tirofga erishganimizni anglatadi”, - dedi Kuznetsova.

Uning aytishicha, markirovka davlatning “yashil” xarid tizimi bilan bog‘lanadi va tenderlarda qo‘shimcha ballarga ega bo‘ladi. Gipsokarton va qurilish plitalarini o‘z ichiga olgan yetti mahsulot guruhi uchun yangi standartlar ishlab chiqildi.
Ko‘rgazmaning o‘zida Rossiya eksport markazi tomonidan tashkil etilgan “Made in Russia” jamoaviy stendi faol ish olib bordi.

“Birinchi kunda 100 taga yaqin uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ba’zi kompaniyalar allaqachon shartnomalar tuzishnirejalashtirmoqda. Imkoniyatlar juda katta. Rossiya kompaniyalari eng istiqbolli yo‘nalishlar - xonalararo eshiklardan tortib ofis mebellarigacha bo‘lgan sohalarda tanlab olindi”, – dedi markaz vakili Maksim Nenashev.

Ko‘rgazma 12-fevralga qadar “O‘zekspomarkaz” pavilonlarida davom etadi.
"UzBuild 2026"da “Made in Russia”: O‘zbekiston bilan hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar