Samarqandda 30 qavatli uylar qurilishida qoidabuzarliklar aniqlandi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqandda ilk bor barpo etilayotgan 30 qavatli uylar tekshiruvida qator qoidabuzarliklar aniqlangan.
Sputnik
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Samarqandda dastlabki 30 qavatli uylar qurilishida qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi ma’lumotlariga tayanib, Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan viloyatda ilk bor qurilayotgan 30 qavatli uylar tekshiruvdan o‘tkazildi.
V Samarkande pri stroitelstve pervix 30-etajek viavleni narusheniya
Tekshiruv natijasida bir qator qurilish meyorlari va xavfsizlik talablari buzilganligi aniqlandi. Xususan, 22–23 qavatga quyilgan betonning mustahkamligi bo‘yicha laboratoriya xulosalari taqdim etilmagan.
V Samarkande pri stroitelstve pervix 30-etajek viavleni narusheniya
Shuningdek, texnik nazoratni tashkil etish va xavfsizlik choralariga rioya qilishdagi kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi: obyektning hamma joyida ham himoya to‘siqlari o‘rnatilmagan.
Bundan tashqari, binolar konstruksiyalaridagi metall elementlarga korroziyaga qarshi vositalar bilan ishlov berilmagan, armaturaning mahkamlash elementlari orasidagi masofalar tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq emas.
V Samarkande pri stroitelstve pervix 30-etajek viavleni narusheniya
Quruvchiga aniqlangan qoidabuzarliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish majburiyati yuklatildi.
Samarqandda 2025-yilda quruvchilarga nisbatan 200 taga yaqin da’vo arizasi kiritildi