TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Zaporojye viloyatidagi aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, “Sharq” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasi ichkarisiga kirishni davom ettirib, Zaporojye viloyatining Zaliznichnoe aholi punktini nazoratga olgan.
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov 114-gvardiyachi motoo‘qchi polki qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibini ushbu aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatilgani munosabati bilan tabrikladi.
Tabrik telegrammasida polk askarlarining jangovar harakatlardagi jasorati, harbiy burch va qasamodga sodiqligi alohida qayd etilgan. Shuningdek, ular hujum bo‘linmalari bilan birgalikda Vremevskiy yo‘nalishida oldinga siljib borayotgani ta’kidlangan.