Navoiy aeroporti 2030-yilgacha parvozlarni 2,3 barobarga oshiradi

Navoiy xalqaro aeroporti 2030-yilgacha parvozlar, yo‘lovchi va yuk tashish hajmini keskin oshirish, shuningdek loyihaviy boshqaruv va mustaqil tarif siyosatini joriy etishni rejalashtirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. 2030 yilgacha Navoiy xalqaro aeroportidagi parvozlar sonini 2,3 barobarga oshirib, yiliga 7 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan. Bu aeroport samaradorligini oshirishga qaratilgan prezident qarorida belgilangan.
Shuningdek, 2030-yilga borib yo‘lovchi tashish hajmini yiliga 150 ming nafarga, yuk tashishni esa 45 ming tonnaga yetkazish ko‘zda tutilgan.
“Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ “Uzbekistan Airports” AJning markazlashgan operativ boshqaruv tizimidan ajratilib, uning faoliyatiga loyihaviy boshqaruv tamoyillari joriy etiladi.
Korxona ijro etuvchi organiga quyidagi vakolatlar beriladi:
o‘z daromadlari hisobidan aviatsiya xizmatlari eksportini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha xizmat turlarini kengaytirish;
havo kemalariga aviayonilg‘i quyish va xorijiy aviatashuvchilar olib kelgan aviayonilg‘ini saqlash bo‘yicha jahon bozori konyunkturasiga mos tariflarni mustaqil belgilash.
“Uzbekistan Airways”da kutilgan o‘zgarishlar: prezident taqdimot bilan tanishdi