TOShKENT, 10 fev – Sputnik. Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiyning 585-yilligiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” mavzusida xalqaro ilmiy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Ushbu ilmiy tadbir O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi, Moskva davlat tilshunoslik universiteti (MDTU) hamda Rossiya davlat gumanitar universiteti Yevrosiyo va Sharq tadqiqotlari instituti hamkorligida tashkil etildi.
Anjuman Rossiya poytaxti markazidagi Alisher Navoiy haykaliga gul qo‘yish marosimi bilan ochildi. Marosimda elchixona xodimlari, O‘zDJTU-MDTU qo‘shma ta’lim dasturi talabalari va o‘zbek tilini o‘rganayotgan MDTU talabalari ishtirok etishdi.
Vozlojenie svetov k podnojiyu pamatnika Alisheru Navoi v sentre Moskvi
© Sputnik
Anjuman Rossiyadagi O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadovning qutlov so‘zlari bilan boshlandi. Elchi o‘z nutqida Alisher Navoiyning tarixiy merosiga yuqori baho berib, Navoiy merosi inson hayotining barcha jabhalariga: til va adabiyotdan tortib, to O‘zbekistondagi ko‘plab muhim ta’lim va ma’rifiy unsurlar o‘zbek xalqining buyuk farzandi nomi bilan abadiylashtirganiga qadar, ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi.
Posol Uzbekistana v Rossii Botirjon Asadov
© Sputnik
U 2021-yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Turkiy dunyo birligiga qo‘shgan hissasi uchun” Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro mukofot ta’sis etilganini eslatib o‘tdi. Ushbu mukofot har ikki yilda bir marta turkiy madaniyatni rivojlantirish, tinchlikni saqlash, xavfsizlikni ta’minlash va ishonchni mustahkamlash, shuningdek, turkiy xalqlar orasida turli sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qo‘shgan alohida hissasi uchun topshiriladi.
“Alisher Navoiyning butun ijodiy merosi jahon adabiyotining oltin xazinasiga kiradi, shuningdek, u nafaqat O‘zbekistonning, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlarining ham boyligi va faxri hisoblanadi”, - dedi Asadov.
O‘z navbatida, O‘zbekiston bilan do‘stlik va hamkorlik jamiyati raisi, Rossiya senatori Ilyas Umaxanov shoirning butun insoniyat uchun unutilmasligi kerak bo‘lgan buyuk merosini alohida ta’kidladi.
Uchastniki konferensii na temu "Alisher Navoi i Vostochniy Renessans"
© Sputnik
“Bu buyuk meros, butun insoniyat merosi unutilmasligi kerak, aksincha, nabiralarimiz va chevaralarimiz undan imkon qadar ko‘proq foydalanishlari lozim”,– dedi u.
Uchastniki konferensii na temu "Alisher Navoi i Vostochniy Renessans"
© Sputnik
Anjumanda Rossiya, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Tojikistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari jamoat arboblari va professorlari, shuningdek, o‘zbek tilini o‘rganayotgan talabalar keng doirasini birlashtirdi.
Ma’ruzachilar Alisher Navoiyning nafaqat o‘zbek, balki jahon madaniyatiga qo‘shgan hissasini tahlil qilishdi. O‘zbek tilini o‘rganayotgan MDTU talabalari shoirning ruboiy va g‘azallarini o‘zbek tilida o‘qib berishdi.
Uchastniki konferensii na temu "Alisher Navoi i Vostochniy Renessans"
© Sputnik
Ushbu xalqaro anjuman Alisher Navoiy merosini chuqur o‘rganishga, ilmiy izlanishlarni rivojlantirishga hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Uchastniki konferensii na temu "Alisher Navoi i Vostochniy Renessans"
© Sputnik
O‘zbek adabiy tilining asoschisi va buyuk shoir Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda tug‘ilgan.
Bizning vaqtgacha saqlanib kelgan A. Navoiyning adabiy merosi ulkan va serqirra bo‘lib, u deyarli 30 ta she’riy to‘plamlar, qvsidalar, ilmiy asarlar va she’riy risolalardan iborat bo‘lib, XV asr yakunidagi O‘rta Osiyo ma’naviy hayotini to‘liq aks ettiradi.
A. Navoiyning ijodiy cho‘qqisi mashhur “Xamsa” (“Beshlik”) hisoblanadi. Bu beshta dostondan iborat to‘plam: “Hayrat ul-abror”, “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” bo‘lib, xalq dostoni asosida yaratilgan (o‘sha davrlarda falsafiy-badiiy dunyoqarashni ifodalashning ommalashgan shakli edi). Ushbu ulkan epik turkum o‘zbek mumtoz adabiyotining, shuningdek, jahon adabiyotining bebaho namunasi sanaladi. Buyuk mutafakkirning asarlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.