Mirziyoyev OIIB prezidenti bilan strategik sheriklik ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szou Szai bilan strategik sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) prezidenti Szou Szai boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonning Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan strategik sherikligini kengaytirishning amaliy masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Prezident xususiy sektor, ayollar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish va ilgari surish, kambag‘allikni qisqartirish dasturini amalga oshirishga ko‘maklashish, muqobil energetika, energiya samaradorligi, suv ta’minoti, ijtimoiy xizmatni rivojlantirish kabi ustuvor sohalarda samarali hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi.
OIIBning mintaqaviy ahamiyatga ega yirik infratuzilmaviy loyihalarda faol ishtirok etishi muhimligi ta’kidlandi.
O‘z navbatida, Szou Szai Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etishga tayyorligini bildirdi.
Kudratov va OIIB prezidenti uchrashuvida 2030-yilgacha hamkorlik muhokama qilindi