TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Qozog‘iston Energetika vazirligi 2030-yilgacha ko‘mir generatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha milliy reja loyihasini taqdim etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat 7,6 GVt quvvatga teng yangi va modernizatsiya qilingan energiya bloklarini ishga tushirishni nazarda tutadi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, reja doirasida oltita yirik energiya inshooti qurilishi muhokama qilinmoqda. Ular qatorida Ekibastuz GRES-3 hamda Kurchatov, Kokshetau, Semey, O‘skemen va Jezkazg‘an shaharlaridagi yangi stansiyalar bor.
Shu bilan birga, mavjud Ekibastuz GRES-2 va Aksu GRESni texnik yangilash masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Milliy reja loyihasi hozir ekspertlar va manfaatdor tomonlar bilan muhokama qilinmoqda. Takliflar asosida hujjatning yakuniy ko‘rinishi shakllantirilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, mazkur shaharlarning hech biri Sirdaryo havzasiga yaqin emas. Yangi inshootlar Qozog‘istonning shimoli va sharqi, asosan Irtish darosi havzasi yoki cho‘l-dasht hududlarida joylashgan:
Kurchatov, Semey va O‘skemen — Sharqiy Qozog‘iston, Irtish havzasi;
Kokshetau — Shimoliy hudud, ko‘llar atrofi;
Jezkazg‘an — Markaziy cho‘l-dasht hududi.
Shu bois, rejalashtirilayotgan GRESlar Sirdaryo suv tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmaydi.