TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Isroil rasmiylari amerikalik hamkasblariga Eronning ballistik raketa dasturi Isroil mavjudligiga jiddiy tahdid solayotganini va zarurat tug‘ilsa, mustaqil harakat qilishga tayyor ekanini bildirgan. Bu haqda manbalar ma’lumotiga tayangan holda "The Jerusalem Post" nashri xabar berdi.
"Biz amerikaliklarga shuni aytdikki, agar Eron ballistik raketalar bo‘yicha belgilagan qizil chizig‘imizni kesib o‘tsa, biz yolg‘iz zarba beramiz", — dedi manba. Uning qo‘shimcha qilishicha, hozircha Eron bu chegaraga yetmagan.
Xavfsizlik manbalariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda o‘tgan yuqori darajadagi muloqotlar davomida Isroil tomoni Eronning raketa salohiyati va ishlab chiqarish infratuzilmasini izdan chiqarishga qaratilgan niyatlarini yetkazgan.
Harbiy amaldorlar dasturni zaiflashtirishga doir operativ konsepsiyalar, jumladan, asosiy ishlab chiqarish obyektlariga zarba berishni nazarda tutuvchi rejalarni bayon etgan.
Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu kanselyariyasi uning 11-fevral kuni Vashingtonda Oq uy rahbari Donald Tramp bilan uchrashuvi rejalashtirilganini ma’lum qilgan edi.