TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari yana ikkita aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
"Shimol" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari qat’iy harakatlar natijasida Sumi viloyatining Sidorovka aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi.
"G‘arb" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Xarkov viloyatining Glushkovka aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi.
Shuningdek, "Shimol" guruhi tarkibidagi ta’mirlash bo‘linmasi harbiy xizmatchilari maxsus harbiy operatsiya zonasida harbiy burchni bajarish chog‘ida oldingi safda shikastlangan texnikani tezkor evakuatsiya qilish va ta’mirlashda namoyon etgan jasorati uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlangani xabar qilindi.