TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatrida 91-teatr mavsumi ochildi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Mavsum teatr bosh rejissori Valixon Umarov sahnalashtirgan Aleksandr Volodin pyesasi asosidagi "Sevganlaringizdan ayrilmang" spektakli bilan boshlandi.
Zal tomoshabinlar bilan to‘la edi. Valixon Umarov spektakl davomida tomosha zalining oxirgi qatorlarida turib, aktorlar ijrosini kuzatib bordi.
"Maza qildim, bir necha marta yig‘ladim," - dedi tomoshabinlardan biri o‘z taassurotlarini rafiqasi bilan yashirincha o‘rtoqlashib.
Spektakl asosida oilaviy ajrimlar bo‘yicha bir nechta ishlarni tinglash yotadi. Asar qahramonlari - yosh er-xotin arzimagan narsa ustida janjallashadi, biroq hayot sharoiti ziddiyatni kuchaytiradi. Finalda eng muhimi - har qanday qiyinchiliklarni yengishga qodir bo‘lgan muhabbat qoladi.
"Bir faxriyning qalbi quvonchga to‘lib-toshganini bilsangiz edi. Biz, aktorlar, agar siz - tomoshabinlar bo‘lmasangiz, hech kimga kerak emasmiz. Lekin, Xudoga shukr, sizlar borsizlar," - dedi spektakl yakunida teatr faxriysi, aktor Abzal Rafiqov.